Qaniydi [Transliteration]
Songs
2024-12-25 09:08:02
Qaniydi [Transliteration]
Tim qora tog‘, kun qora,
Atrofim jimjit, xira.
Go‘yo hayot ataylab
Meni qilar masxara.
Ma’yus qorday yillarim
Asta ko‘mar yo‘llarim.
Sog‘inchlardan chinqirab,
Bemador, zor yuragim.
N a q a r o t:
Seni ko‘rsam qaniydi,
Bir bor ko‘rsam qaniydi!
Hech bo‘lmasa uzoqdan
Ko‘rib o‘tsam qaniydi!
Seni ko‘rsam qaniydi,
Bir bor ko‘rsam qaniydi!
Hech bo‘lmasa chang bo‘lib
Senda qolsam qaniydi!
Yomg‘ir yuvar yoshimni,
Qayg‘u silar boshimni,
Bir umrga so‘ndirdi
Armon baxt quyoshimni.
Ma’yus qorday yillarim
Asta ko‘mar yo‘llarim.
Sog‘inchlardan chinqirab,
Bemador, zor yuragim.
N a q a r o t: ................. (2x)
Yolvoraman xudodan,
Qanot bersa qaniydi,
Sen tomonga qush bo‘lib
Uchib borsam qaniydi,
Seni ko‘rsam qaniydi...
- Artist:Shahnoz