Ajoyib [Turkish translation]

Songs   2024-07-03 23:20:14

Ajoyib [Turkish translation]

So'z demay kulasiz so'zimga,

Termilib qaraysiz yuzimga,

Sho'x sirli boqasiz ko'zimga, dod-ay

Ajoyib ekansiz, ajoyib.

Qalbimga otashlar solasiz,

Izimdan termilib qolasiz,

Bilmayman siz qanday bolasiz, dod-ay

Ajoyib ekansiz, ajoyib.

Ko'nglingiz ne istar, aytmaysiz,

Sevdim deb maktublar bitmaysiz,

Hech qachon izimdan qolmaysiz, dod-ay

Ajoyib ekansiz, ajoyib.

Oshkora so'zlamay o'ylaysiz,

Dardingiz kimlarga so'ylaysiz,

Uzoqdan termilib to'ymaysiz, dod-ay

Ajoyib ekansiz, ajoyib.

Ajoyib ekansiz, ajoyib, dod-ay

Ajoyib ekansiz, ajoyib.

Hosila Rahimova more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Turkish, Uzbek dialects
  • Genre:
  • Official site:https://hosila.com/en/biography/
  • Wiki:
Hosila Rahimova Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs