Ajralish [Transliteration]
Ajralish [Transliteration]
Foydalanib ayol tilidan,
Yo erkakning biror siridan
Darhol o‘rtaga to‘r tashlab
Ayirmoqchisan bir -biridan.
Ayozmisan, yo‘q, ayoz bitar,
Bahor kelsa qahraton ketar.
Sening qilmishingday birday
Yoshu qari, go‘dak qon yutar.
N a q a r o t:
Noming o‘chsin sening, yovuz ajralish,
Sen to‘kkan ko‘z yoshlar hovuz, ajralish.
Sevgi birlashtirgan rishtani uzib,
Ne foyda, ayt, senga, ey, muz ajralish? (2x)
Tan boshqa dard bilmas, soxta yuzlar ko‘p,
Ajralgan ayolga tikilgan ko‘zlar ko‘p,
Dastingdan bo‘zlar ko‘p, juftin izlar ko‘p,
Qilmishing qurib ketsin, ey, ajralish!
Ko‘rdim ko‘p ekkaning erkak boshini,
To‘kib go‘daklarning qonli yoshini.
Kim silar farzandlar yuzu qoshini?
Bog‘ qurib, mevalar sarson, ajralish.
Quloq solgin bir on mening nolamga:
Yaqin kelma o‘g‘lim, qizim, lolamga,
Shu jumla oilam, barcha odamga
Yaqinlashma, jo‘na, da`f bo‘l, ajralish.
Har qo‘rg‘on mustahkam bo‘lsin po‘latday,
Men ham sergak turay seni yo‘latmay,
G‘aflatlar, uyg‘oning baxtni qulatmay,
Tubsiz jarlik asli asil ajralish.
N a q a r o t:
Noming o‘chsin sening, yovuz ajralish,
Sen to‘kkan ko‘z yoshlar hovuz, ajralish.
Sevgi birlashtirgan rishtani uzib,
Ne foyda, ayt, senga, ey, muz ajralish? (2x)
- Artist:Alisher Fayz