Asraydi [Transliteration]

Songs   2024-07-04 09:22:10

Asraydi [Transliteration]

Balo-qazolardan qo‘rqmagin, yorim,

Seni Yaratgan Alloh asraydi.

G‘am-anduh yuraging ezmasin, jonim,

Seni sevgim, ishqim asraydi.

Dushmanlar zarbidan cho‘chima aslo,

Qalbingdagi mehr bizni asraydi.

Axir sen bizlarga ham yor, pahlavon,

Unutma, sendagi g‘urur asraydi.

Asraydi, asraydi, asraydi,

Seni Yaratgan Alloh asraydi.

Asraydi, asraydi, asraydi,

Seni sevgim, ishqim asraydi. (x2)

Yolg‘izlik dilingni azoblamasin,

Suygan yoring bor – seni asraydi.

Ikkimiz keksayib, qarib qolganda

Muhabbat mevasi bizni asraydi.

Bizga bundan ortiq yana ne kerak?

Ishonch qalqon bo‘lib, oila asraydi.

Agar baxtimga sog‘-omon bo‘lsang,

Bir qarab kulishing, so‘zing asraydi.

Asraydi, asraydi, asraydi,

Seni Yaratgan Alloh asraydi.

Asraydi, asraydi, asraydi,

Seni sevgim, ishqim asraydi. (x2)

Oylar, yillar o‘tibdi-ya, qara bir zumda,

Kunlarim, quvonchim, sevgim, qo‘rg‘onim.

Senla malikaman, yo‘q – qirolicha,

Otamdek bu qaynoq bag‘ring asraydi.

Asraydi, asraydi, asraydi,

Seni Yaratgan Alloh asraydi.

Asraydi, asraydi, asraydi,

Meni qaynoq bag‘ring asraydi

Nilufar Usmonova more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Turkish, Tajik
  • Genre:Pop
  • Official site:http://www.facebook.com/NilufarUsmonovaOfficial
  • Wiki:
Nilufar Usmonova Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs