Ayrilding lyrics

Songs   2024-09-20 19:49:53

Ayrilding lyrics

Nega kelding hayotimga, aytgin axir?

Xato qilib qo‘ydimmi berib mehr?

Men adashdim sevgida.

Sevib seni, ko‘zlarim bo‘ldimi ko‘r?

Qay gunohim uchun bu peshonam sho‘r?

Bilmading hech sevgimni.

Ayrilding-u ketding, ketding, ey yor,

Qolib ketdi aytilmagan dilda gapim zor.

Bilar eding axir, senda edi ko‘nglim bor,

Vafo izlab kutar yurak, bo‘lib umidvor. (x2)

Ko‘zlarimni ketding yig‘latib,

Ko‘rganimda sevgi mazasin totib.

Juda arzonga baxtimni sotib,

O‘zga bilan toparmisan baxt?

Mayliku meni tashlading ketding,

Yolg‘on ila yana kimni rom etding?

Kim ekan u, mendayin bir baxtsiz?

Bilarmikan asl yuzingni, afsus?!

Ayrilding-u ketding, ketding, ey yor,

Qolib ketdi aytilmagan dilda gapim zor.

Bilar eding axir, senda edi ko‘nglim bor,

Vafo izlab kutar yurak, bo‘lib umidvor.

Munisa Rizayeva more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, English
  • Genre:Pop
  • Official site:
  • Wiki:
Munisa Rizayeva Lyrics more
Munisa Rizayeva Featuring Lyrics more
Munisa Rizayeva Also Performed Pyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs