Ayt [Russian translation]

Songs   2024-12-28 07:46:38

Ayt [Russian translation]

Naqarot

Men seni yorim desam,

Yoningda yoring bor ekan!

Koʻngling oʻsha yorga zor ekan-e,

Nima qilaman, ayt!

Seni vafodor desam, ranjima, vafo yoʻq ekan!

Menda hech koʻngling yoʻq ekan-e,

Nima qilaman, ayt! (2x)

Behuda oʻtdimi umrim, seni deb yurib-yurib,

Endi yorugʻ kunlarim qolarmi qorongʻi boʻlib?

Ketding-ku sen yuragimdan, sevgimni yulib-yulib-ey,

Endi men yolgʻiz oʻtamanmi?

Nima qilaman, ayt!

Naqarot…

Har kun seni oʻylab-oʻylab,

qolmadi tanamda jon,

Ketdi-ku tugal oromim,

sogʻindim seni yomon,

Topolmadim manzilingni,

qaylardan etding makon,

Sensiz ahvolim boʻldi yomon-ey,

Nima qilaman, ayt!

Naqarot ….

Ozodbek Nazarbekov more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Kazakh
  • Genre:Folk
  • Official site:
  • Wiki:
Ozodbek Nazarbekov Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs