Barno yigit lyrics

  2024-10-06 07:28:21

Barno yigit lyrics

Shirinso‘z, barno yigit,

Tilingda boling bormu?

Shaydolaring buncha ko‘p,

Yoki iqboling bormu? (2x)

Ko‘nglimni asir etgan

Chiroyli bo‘ylaringmu?

Mundek kokilingmu yo

Mehnatu o‘ylaringmu? (2x)

Qaldirg‘och qanoti mos

Payvasta qoshlaringmu?

Boqsam, barcha yaxshilar

Yoru yo‘ldoshlaringmu? (2x)

Men ham yor bo‘lsam deyman,

Vafodor bo‘lsam deyman.

Atrofingda bir umr

O‘zim o‘rgilsam deyman. (2x)

O‘zim aylansam deyman...

Shahrizoda more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, Uyghur, Chinese+2 more, English, Persian
  • Genre:Pop
  • Official site:http://shahrizoda-fan.net
  • Wiki:Http://muz.uz/index.php?do=music&act=view&mid=635
Shahrizoda Lyrics more
Excellent recommendation
Popular