Ben Yürürüm Yane Yane [Uzbek translation]
Ben Yürürüm Yane Yane [Uzbek translation]
Men yuraman yona yona
Ishq bo'yadi meni qonga
Na oqilman, na devona
Kel ko'r meni ishq ne ayladi?
Kel ko'r meni meni ishq ne ayladi?
Dardga giriftor ayladi
Kel ko'r, kel ko'r
Kel ko'r meni ishq ne ayladi?
Goh esaman yellar kabi
Goh to'zaman yo'llar kabi
Goh oqaman sillar kabi
Kel ko'r meni ishq ne ayladi?
Kel ko'r meni meni ishq ne ayladi?
Dardga giriftor ayladi
Kel ko'r, kel ko'r
Kel ko'r meni ishq ne ayladi?
Yo qo'lim ushlab ko'tar meni
Yo vaslingga yetkiz meni
Ko'p yig'latding, kuldir meni
Kel ko'r meni ishq ne ayladi?
Kel ko'r meni meni ishq ne ayladi?
Dardga giriftor ayladi
Kel ko'r, kel ko'r
Kel ko'r meni ishq ne ayladi?
Miskin Yunus bechoraman
Boshdan oyoqqa yaraman
Do'st elidan ovoraman
Kel ko'r meni ishq ne ayladi?
Kel ko'r meni meni ishq ne ayladi?
Dardga giriftor ayladi
Kel ko'r, kel ko'r
Kel ko'r meni ishq ne ayladi?
- Artist:Mustafa Ceceli
- Album:Aşk İçin Gelmişiz