Binafsha lyrics

Songs   2024-07-04 19:30:08

Binafsha lyrics

Binafsha, go`zalsan bunchalar nechun?

Muhabbat solasan yurakka beun.

Saboda tebranib, shivirlab asta,

Mahliyo aylaysan dilni bir pasda.

Binafsha, ishqingda bo`ldim devona,

Dunyoyim aylandi g`amga begona.

Hajringda o`rtandim men yona-yona,

Arzir senga qancha bo`lsam parvona.

Sen qalbim tubida ungan chechaksan,

Tinglab to`ymaguvchi shirin ertaksan.

Bahor bu olamga chiroy bo`lsa gar,

Sen uning ko`ksiga inja bezaksan.

Binafsha, ishqingda bo`ldim devona,

Dunyoyim aylandi g`amga begona.

Hajringda o`rtandim men yona-yona,

Arzir senga qancha bo`lsam parvona. (x1+x1)

Ulug'bek Rahmatullayev more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Turkish, Russian, Tajik
  • Genre:
  • Official site:
  • Wiki:https://ru.wikipedia.org/wiki/Рахматуллаев,_Улугбек_Ибрагимович
Ulug'bek Rahmatullayev Lyrics more
Ulug'bek Rahmatullayev Featuring Lyrics more
Ulug'bek Rahmatullayev Also Performed Pyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs