Bobojon lyrics

Songs   2025-12-06 01:15:51

Bobojon lyrics

Boshim silagan qo‘llaringizni,

Baxtim tilagan so‘zlaringizni,

Bosib siz yurgan yo‘llaringizni,

Izlab topolmam izlaringizni…

Endi qaylardan toparman sizni

Sog‘inganda, bobojon?

N a q a r o t:

Bobojonim, qani yana bola bo‘lib

Yursam edi yoningizda!

Mehribonim, qani yana bir lahzaga

Ko‘rsam sizni bog‘ingizda!

Siz ekkan daraxt mevasin terib,

Har barglarini men silayman,

Siz chekkan zahmat,

Mehnatingizni anglab shu dam...

Sizni bugun men sog‘insam,

Endi qaylardan toparman sizni

Sog‘inganda, bobojon?

N a q a r o t: ..................

Qaytar yana umr bahori,

Hayot tinmay etadi davom,

To‘xtaydi deb sog‘inch ozori

Kim aytadi menga, bobojon?

Umr buncha qisqadir, umr

Bir zumgina qilolmas sabr.

Qani iloj bo‘lsaydi, bir on

Diydoringiz ko‘rsam, bobojon...

N a q a r o t: ..................

Shahzoda (Uzbekistan) more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, English, Tajik+3 more, Kazakh, Turkish, French
  • Genre:Pop
  • Official site:Http://Shahzoda.uz
  • Wiki:http://en.wikipedia.org/wiki/Shahzoda
Shahzoda (Uzbekistan) Lyrics more
Shahzoda (Uzbekistan) Also Performed Pyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs