dard [Kazakh translation]
dard [Kazakh translation]
Baxt!
Yana qanday baxt istaysan, ayt?
Yana nimalar qilay senga?
Yuragimni chogʻ qilay, koʻrgin,
Qanchalar seni sevar edim…
Bilasanmi, sen ketgan kundan
Hayotim butkul oʻzgargan.
Hammasini qayta,
Yangi sahifadan boshlayapman.
Xuddi endigina
Yurishni oʻrganayotgan goʻdak kabi,
Men ham sensizlikka
Sekin-asta koʻnikyapman.
Qayta-qayta sen bilan oʻtqizgan
Baxtli kunlarimizni eslab,
Yuragimni alamli bir sadolar qiynamoqda.
Nahotki sen oʻshanda baxtlimasiding?
Nahotki sen oʻshanda meni sevmagansan?
Shunchalar osonmidi mendan voz kechish?
Shunchalik tez esingni tark etdimmi?
Bir marta ham holim soʻramading!
Nega?
Baxt!
Yana qanday baxt izlaysan?
Dard!
Yana qancha dard berasan menga?
Yurak sendan voz kecholmas nega?
Nega? Nega?
Baxt!
Yana qanday baxt istaysan, ayt?
Yana nimalar qilay senga?
Yuragimni chogʻ qilay, koʻrgin,
Qanchalar seni sevar edim…
Hayotim, borligʻim, yuragim,
Borimni atadim senga,
Bu bedorlik tunlarim, sevganim
Nahotki yetmadi,
Yana senga ne kerak?
Aytgin menga!
Ushbu savollar tinmay qalbim qiynar.
Dardda yonar
Umidlarim birma bir soʻnib borar…
Nahotki qadarsiz sevganim,
Qalbimni berganim?
Nahotki manzilsiz
Endi koʻzlaringdan kutganim?
Asra endi baxtimni, sevgimni,
Nahotki endi bularning foydasi yoʻq?
Endi yoʻq!
Baxt!
Yana qanday baxt xohlaysan, ayt?
Yana nimalar qilay senga?
Yuragim sendan voz kecholmas!
Aytgin, nega?
Baxt!
Yana qanday baxt izlaysan?
Dard!
Yana qancha dard berasan menga?
Yurak sendan voz kecholmas nega?
Nega? Nega?
Voz kecholmas!...
Baxt!
Yana qanday baxt istaysan, ayt?
Yana nimalar qilay senga?
Yuragimni chogʻ qildim, koʻrgin,
Qanchalar seni sevar edim…
Bilarmisan, qanchalar ogʻir
Sensizlik dardini tinimsiz his etish?
Qayerdan ham bilarding?
Axir sen sensiz yashamading-ku!
Hattoki qadah tutsang ham toʻldirib zahar,
Ichib, har koʻy senga baxt tilarman…
- Artist:Benom