Değmesin Ellerimiz [Uzbek translation]
Değmesin Ellerimiz [Uzbek translation]
Oh, qanchalar qiyin bitsin demoq
Hamon sevarkansan uni
Dudoqlaridan o'pmoqlik
Bir begona kabi.
Bilasan, ayriliq mavzusida
Yaxshi emasmiz ikkimiz ham
Bir uchqun yetardi har zamon
Ortga qaytib uchrashishga ham.
Tegmasin qo'llarimiz
Ko'rishmasin bu ko'zlar
Yana erib ketamiz
Unutilar qasamlar.
Biz hech bajarolmadik
Sevishni-da, tark etishni-da
Muhabbat isli dudoqlaring
Qarshisida turmoqlikni ham
Biz hech bajarolmadik
Sevishni-da, tark etishni-da
Muhabbat isli dudoqlaring
Qarshisida turmoqlikni ham
Mana yana bir bor
Turib qarshingda,
Balki bu so'nggi bora
So'rayapman sendan:
Bitdimi hikoyamiz?
Bu qanday yakun?
Kurashib qarshi turmoqqa
Arzimaydimi muhabbatimiz?
Tegmasin qo'llarimiz
Ko'rishmasin bu ko'zlar
Yana erib ketamiz
Unutilar qasamlar
Biz hech bajarolmadik
Sevishni-da, tark etmoqni ham
O'zimizga ega chiqib
Dunyo ila yuzlashmoqni ham
Biz hech bajarolmadik
Sevishni-da, tark etishni ham
Qo'rqqanimiz u ko'zlarning
Qarshisida titramoqlikni ham.
Bitmasin hikoyamiz...
- Artist:Model
- Album:Diğer Masallar (2011)