Devonalarmiz [Russian translation]

  2024-10-06 08:18:06

Devonalarmiz [Russian translation]

Bir to‘shakda, bir ko‘rpada yotib yonma-yon

Uxlayapmiz axir, dema begonalarmiz.

To‘shagimiz zamin bo‘lsa, ko‘rpamiz osmon,

Yonboshlikni anglolmagan devonalarmiz. (2x)

Devonalarmiz, devonalarmiz,

Qondoshlikni anglolmagan devonalarmiz.

Sarsonalarmiz, begonalarmiz,

Bir qorindan tug‘ilsak-da begonadaymiz. (2x)

Bir ildizdan ko‘karganmiz, muazzam olam,

Beshigimiz kemasida afsonalarmiz.

Momo Havo onamizdir, otamiz – Odam,

Qondoshlikni anglolmagan devonalarmiz.

Bani bashar oshyoni shu mitti sayyora,

Qo‘lni qo‘lga bersak go‘yo marjonalarmiz.

Tinch va totuv yashasak baxt topgaymiz zora,

Yolg‘on so‘zdan ona yig‘lab, yolg‘on dunyomiz.

Devonalarmiz, devonalarmiz,

Qondoshlikni anglolmagan devonalarmiz.

Sarsonalarmiz, begonalarmiz,

Bir qorindan tug‘ilsak-da begonadaymiz. (2x)

Yulduz Usmonova more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Turkish, Russian, Tajik, Uzbek dialects
  • Genre:Pop
  • Official site:http://www.yulduz.uz/
  • Wiki:https://en.wikipedia.org/wiki/Yulduz_Usmonova
Yulduz Usmonova Lyrics more
Yulduz Usmonova Also Performed Pyrics more
Excellent recommendation
Popular