Gimme Gimme [Uzbek translation]
Gimme Gimme [Uzbek translation]
Ayy yay yay ya
Quloq sol!
Qachonki his-tuyg'ularimni anglab yetganimda,
Juda kech bo'lgan edi, bu qaramlik
Davosi yo'q og'ir kasallik.
Sening bo'shlig'ing bilan to'lib toshganman
Qanday qilib portlashimni tomosha qil
Va hammasi asta sekin o'zgarar
Dunyo endi sening atrofingda aylanar
O'z rahmatingdan zavq ol
Men ortga qaytolmayman
Seni tashlab hayotdan ham ketolmayman
"Sevgi isitmasi" tuzoqqa tushar
Bu biroz yomonroq bo'lar
Qanchalar umidsiz kurashsam
Kelajak shunchalar zaharlanar
Nima uchun menga tushuntirib ber, nima uchun?
Menga ber, menga ber, qizaloq, nazoratsiz jarohatlar
Men aqldan ozaman, bu tobelik, imkonsizman
Hoy, ko'ngil qo'y, menga muhabbat ber, boshim chayqalar
Asirdurman, ko'ngil qo'y, menga muhabbat ber, titrayman
Menga ber, menga ber
Menga muhabbat ber, sev
Baland sadolar, mast qiluvchi tovushlar
Jonsiz masxaraboz seni kulishga undar
Qirollik toji o'tmishda qoldi
Azob beruvchi chanqoqlik, tildagi bol
Shovqin esa to'xtamas, faqat balandlashdi
Axir, mening yagonamsan
Men tiz cho'kaman
Men senga qaramman
Ammo yengilmayman
Shunday qilib, men telbaman, ha.
Oh, mening erishib bo'lmas ajoyib sevgim
Meni butunlay mag'lub qilding, bu jinnilik
Telbalik meni ta'qib qilar, sen mening qirolicham
Muhabbatga berildim
Va yanada yomonlashdi
Sening qarmog'inga ilindim va nafas olishdan to'xtadim
Sen esa nima uchun chekinayotganingni tushuntir, nima uchun
Menga ber, menga ber, qizaloq, bu jarohatlarni unutolmayman
Bosh chayqalar, bosh aylanishini his qilarman va imkonsizman
Hoy, ko'ngil qo'y, menga muhabbat ber, boshim chayqalar
Asirdurman, ko'ngil qo'y, menga muhabbat ber, titrayman
Menga ber, menga ber
Hozircha ketyapman, biron joyga boraman
Va shu sabab cheksizdir
Doim eshitilar tik-tak, tik
Cheksiz labirint.
Zaharli sevgi, menga muhabbat ber, (zaharli sevgi)
Hoy, menga muhabbat ber
Hoy, menga ko'ngil ber
Sehrli so'zni shivirla
Endi qarshilik qila olmayman
Faqat itoat etaman
Ajablanarli jozibador ko'zlar
Noz-karashmali ishoralar
Va qo'pol munosabat, mendan bo'sa olarsan
Menga ber, menga ber
Yonimga kel, yonimga kel
Men yurishda davom etaman
Menga ber, menga ber, qizaloq, nazoratsiz jarohatlar
Men aqldan ozaman, bu qaramlik, imkonsizman
Hoy, ko'ngil qo'y, menga muhabbat ber, boshim chayqalar
Men to'xtayolmasman, ko'ngil qo'y, muhabbat ber, titrayman
Menga ber, menga ber
Hozircha ketyapman, biron joyga boraman
Va shu sabab cheksizdir
Doim eshitilar tik-tak, tik
Cheksiz labirint.
Zaharli sevgi, menga muhabbat ber, (zaharli sevgi)
Hoy, menga muhabbat ber
Hoy, menga ko'ngil ber (Ha, barchasi rost)
Meni sev
Tark etishga qaror qilguningga qadar o'z sevgingni ber
Hoy, ko'ngil qo'y, ko'ngil qo'y
- Artist:NCT 127
- Album:LOVEHOLIC