Hammasigayam lyrics

  2024-06-30 02:57:40

Hammasigayam lyrics

Maning yorimdan ko‘nglim qolsa-ya,

Baqir-baqirlab urishsa-ya,

Birontasi yonim olmasa,

Xafa bo‘laman-o hammasidanam - (2x)

Akasidanam, ukasidanam,

Amaki-yu pochcha, tog‘asidanam! (2x)

Maning yorimning ko‘ngli gullasa,

Shaqir-shaqirlab kulib yursa,

Unga sababchi ular bo‘lsa,

Xizmatidaman-o hammasiga-ya - (2x)

Akasiga ham, ukasiga ham,

Amaki-yu pochcha, tog‘asiga ham! (2x)

Maning yorimni yo‘ldan ursa-ya,

Aldab-aldab, qayrab borsa-ya,

Yomon ko‘rinsa ko‘zimga-ya,

Alam olaman-o hammasidanam. (2x)

Akasini ham, ukasini ham,

Amaki-yu pochcha, tog‘asini ham – (2x)

Qo‘shig‘imni aytib o‘ynataman-a!

Kaniza more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek
  • Genre:
  • Official site:
  • Wiki:
Kaniza Lyrics more
Excellent recommendation
Popular