Hayolimning o'g'risi lyrics
Hayolimning o'g'risi lyrics
Tushimmidi, o‘nggimmi,
Yoki xayolim qochdi?
Ne qilayki bu ishqim
Notanish yorga tushdi.
Sevgimikin yo havas,
Savollardan garangman,
Kelarmikan yorginam,
Yo‘llariga qarayman. (2x)
Xayolimning o‘g‘risi,
Hayotimning to‘g‘risi,
Yurak-qalbim seniki,
Boru yo‘g‘ing meniki.
Ketolmaysan sen endi
Qochib olis, yiroqqa,
Axir topdim-ku seni
Shuncha yurib firoqda.
Hammani qara,
Qara faqat manga! (2x)
Ketma yonimdan,
Qolgin endi yonimda,
Qolgin endi yonimda,
Sevgin faqat mani.
Qoshlarimga surma sur.
Yorimning xatin kutib
Yuzlarimda pardozim,
Kelsin yorim ko‘z tikib.
Gulni sochga taqayin,
Ishqda gulxan yoqayin.
Kerak emas boshqasi,
Faqat unga boqayin.
Xayolimning o‘g‘risi,
Hayotimning to‘g‘risi,
Yurak-qalbim seniki,
Boru yo‘g‘ing meniki.
Ketolmaysan sen endi
Qochib olis, yiroqqa,
Axir topdim-ku seni
Shuncha yurib firoqda.
(takrorlash)......
- Artist:Nilufar Usmonova