Hayot [Turkish translation]

Songs   2024-07-04 22:35:29

Hayot [Turkish translation]

(Farzandlarim o‘rniga men bemor bo‘lay,

Kerak bo‘lsa, ularga bor jonim beray.

Qancha toshing bo‘lsa, mayli menga ot,

Faqat farzandlarim yig‘latma, hayot!)

[Bojalar guruhi]

Besh kunlik hayotsan,

Sira bilmaysan shafqat.

Kimga berarsan baxt,

Kimgadir esa zahmat.

So‘nggi nafasgacha aytarman rahmat,

Agar toshing bolamga emas, menga otsang,

Bir umr bolalarim yig‘latmasdan o‘tsang.

Doimo kulib yursin,

O‘tsin vaqti chog‘.

Baxtimga iloyim,

Bo‘lsin tani-joni sog‘.

Bir qisim bu ko‘nglim bo‘lar edi tog‘,

Agar toshing bolamga emas, menga otsang,

Bir umr bolalarim yig‘latmasdan o‘tsang.

Qancha toshing bo‘lsa, mana menga ot,

Faqat farzandlarim yig‘latma, hayot.

Qancha toshing bo‘lsa, mana menga ot,

Faqat bolalarim yig‘latma, hayot!

[Orolmirzo Safarov]

Har bir o‘tgan oni mudom baxtga to‘lsin,

G‘am-tashvishlar undan ancha yiroq bo‘lsin.

Mayli, mening umr gulim so‘lsa so‘lsin,

Agar toshing bolamgamas, menga otsang,

Bir umrga farzandlarim baxtli etsang.

Yulduz kabi porlab tursin ikki ko‘zi,

Butun bo‘lsin farzandlarim rizq-u ro‘zi.

Ular baxtli bo‘lsa basdur, men sendan rozi,

Agar toshing bolamgamas, menga otsang,

Bir umrga farzandlarim baxtli etsang.

Qancha toshing bo‘lsa, mana menga ot,

Faqat farzandlarim yig‘latma, hayot! (x2)

[Bojalar guruhi]

Qancha toshing bo‘lsa, mana menga ot,

[Orolmirzo Safarov]

Faqat farzandlarim yig‘latma, hayot! (x2)

Bojalar more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, Uzbek dialects
  • Genre:Pop-Folk, Pop
  • Official site:
  • Wiki:https://uz.wikipedia.org/wiki/Bojalar_(guruh)
Bojalar Lyrics more
Bojalar Featuring Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs