Kechalari lyrics
Kechalari lyrics
Yonadi, yonadi,
Qalbim ichra yonadi dard!
Men oʻzimdan bunchalik
Sevgini kutmagandim faqat.
Bilmadim, yuragim
Menga boʻysunmaydi hecham.
Sen meni qandayin olamga
Tashlading, jonginam!
Yodimga sen kelgandan soʻng
Tunu kunimning mazmuni sensan!
Sendadir xayol!
Xayolimdagi xayol sendadir,
Sendadir xayol!
Kechalari yoqimli, yoqimli,
Kechalari sehrli, sehrli,
Kechalari orzuli, orzuli,
Senga boʻlgan sevgimning!
Kechalari yoqimli, yoqimli,
Kechalari sehrli, sehrli,
Kechalari orzuli, orzuli,
Senga boʻlgan sevgimning!
Nigohing menda koʻp
Boʻlgan ekan, sezmasdim nega?
Nahotki bu olov
Menga yongan boʻlsa dilingda?!
Sen eding yonimda,
Lekin yonolmasdim, har damda
Oʻzimni izlardim
Sen mendan yashirgan soʻzingda.
Yodimga sen kelgandan soʻng
Tunu kunimning mazmuni sensan!
Sendadir xayol!
Xayolimdagi xayol sendadir,
Sendadir xayol!
Kechalari yoqimli, yoqimli,
Kechalari sehrli, sehrli,
Kechalari orzuli, orzuli,
Senga boʻlgan sevgimning!
Kechalari yoqimli, yoqimli,
Kechalari sehrli, sehrli,
Kechalari orzuli, orzuli,
Senga boʻlgan sevgimning!
- Artist:Shahzoda (Uzbekistan)