Keldingmi [Transliteration]

Songs   2024-10-05 00:25:27

Keldingmi [Transliteration]

Men uchun qadrli

Bo‘lgan sevgi sen uchun kulguli,

Men uchun eng zavqli

Orzularim sen uchun zerikarli.

Sen o'zga dunyosan,

Qo‘llarim yetmas

Sen tomon, osmonga!

Qaramaysan ortingga sen, yerga!

Bir kun kelib aytaman men senga –

Keldingmi, endi qara,

Sensiz men o‘lganim yo‘q!

Yashayapman!

Ko‘rdingmi, endi yig‘la,

Undan ham kam joyim yo‘q

Mening zarra!

Ishonmading, kutmading,

Sevgimizni sen sotding nimaga?

Sevgimiz gavhari sotildi

Bir sariq chaqaga!

Men uchun u eng shaxsiy

Bo‘lsa sirlar, qilasan ommaviy!

Qalbimning eng dardli

Mavzulari sen uchun ayanchli.

Sen o'zga dunyosan,

Qo‘llarim yetmas

Sen tomon, osmonga!

Qaramaysan ortingga sen, yerga!

Bir kun kelib aytaman men senga –

Keldingmi, endi qara,

Sensiz men o‘lganim yo‘q!

Yashayapman!

Ko‘rdingmi, endi yig‘la,

Undan ham kam joyim yo‘q

Mening zarra!

Ishonmading, kutmading,

Sevgimizni sen sotding nimaga?

Sevgimiz gavhari sotildi

Bir sariq chaqaga! (3x)

Bolalar more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek
  • Genre:
  • Official site:
  • Wiki:https://en.wikipedia.org/wiki/Bolalar
Bolalar Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs