Kim bilar [Transliteration]

Songs   2024-10-04 19:13:47

Kim bilar [Transliteration]

Anhorning bo‘yida o‘tirar qizlar,

Yurakda qaynaydi noaniq hislar.

Bo‘tana suv oqar lim-lim, limmo lim,

Suvday olib ketar qizlar xayolin.

O‘n yettinchi marta, o‘n yettinchi bor

Shundoq kirib kelar qalblarga bahor.

Bu gal qanday bo‘lur bahor tuhfasi,

Nelar bilan to‘lur xotir sahifasi?

Kim bilar, kim javob bera olur, kim?

Bosh uzra osmon ham qarab turar jim.

Kim bilar, kim bilar, kim? (2x)

Kelarmikan o‘sha o‘tlug‘ muhabbat,

Zor, intiq aylagan qutlug‘ muhabbat?

Rango rang tuyg‘ular aylarmi in’om,

Orzular qaddini ocharmu tamom?

Yiroq-yiroqlarga qochadi shamol,

Bir nima deyolmay dunyo boqar lol.

Faqat bo‘tana suv oqar limmo lim,

Faqat chuvaladi qizlar xayoli.

Kim bilar, kim javob bera olur, kim?

Bosh uzra osmon ham qarab turar jim.

Kim bilar, kim bilar, kim? (2x)

Ziyoda more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Hindi, Persian
  • Genre:Pop
  • Official site:http://www.last.fm/music/Ziyoda
  • Wiki:https://en.wikipedia.org/wiki/Ziyoda_Qobilova
Ziyoda Lyrics more
Ziyoda Featuring Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs