Ko'nglim Guli lyrics

Songs   2025-12-08 16:49:30

Ko'nglim Guli lyrics

Huv toshlarga qor tushar,

Bog‘larda anor pishar.

Qachon mening tog‘ qalbim

Sen bog‘ bilan topishar?

Ey, tog‘dagi mag‘rur qush,

Sovuq toshga bosma to‘sh!

Huv darada bir qiz bor,

Yostig‘ining yarmi bo‘sh...

Cho‘qqidagi qoya tosh

Yolg‘izlikdan egar bosh.

Yakkalasa yomg‘irlar

Ko‘zlaridan to‘kar yosh.

Bog‘da ham bir tanho gul,

Tanholiqdan a’lo gul,

Ko‘z yoshiga yuz yuvar,

So‘ngsiz g‘amlarga mashg‘ul.

Sen yolg‘izsan, men - diqqat,

Ikkimizga yo‘q shafqat.

O’rtamizda ovora –

Sarson bo‘ldi muhabbat...

Yulduz Usmonova more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Turkish, Russian, Tajik, Uzbek dialects
  • Genre:Pop
  • Official site:http://www.yulduz.uz/
  • Wiki:https://en.wikipedia.org/wiki/Yulduz_Usmonova
Yulduz Usmonova Lyrics more
Yulduz Usmonova Also Performed Pyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs