Ko'nikdingmi lyrics
Songs
2024-11-29 19:14:45
Ko'nikdingmi lyrics
Sog‘inch, armon...
Bu tuyg‘ular neligini bilib bo‘ldim.
Lek endi
O‘rgataman senga!
Topmay imkon
Men azoblar bag‘rida baxtga to‘ldim,
Sen esa
Qiziqmading menga!
Kerakligimni, ayt, his qildingmi?
Yolg‘izlik bu ne, bildingmi?
Endi sen ham sog‘inib ko‘r,
Azoblari qandaykan?
Endi sen ham sog‘inib ko‘r,
Sen emasmi u, ko‘nik degan?
Sen ko‘nikdingmi? (2x)
Orzu, quvonch...
Men bularning neligin unutgandim,
Lek taqdir
O‘rgatmoqda yana.
Gumon, ishonch...
Ikkilanib yashashga ko‘nikkandim,
Lek navbat
Senga keldi mana!
Qanday ekan
Ko‘z yosh to‘kmasdan yig‘lash,
Sevganlarning yuragin tig‘lash?
Endi sen ham sog‘inib ko‘r,
Azoblari qandaykan?
Endi sen ham sog‘inib ko‘r,
Sen emasmi u, ko‘nik degan?
Sen ko‘nikdingmi? (6x)
- Artist:Nilufar Usmonova