Ko'rmadim lyrics

Songs   2024-07-07 13:47:03

Ko'rmadim lyrics

Koʻrmadim hech bir chamanda sen kabi ra`noni man,

Zulfi tol-tol, soʻzlari bol, koʻzlari shahloni man.

Koʻzlaring yalt etdiyu qalbimni nurga chulgʻadi,

Oftobda koʻrgan edim bunchalar ziyoni man.

Shu qarogʻlar otashida bor vujudim yonadur,

Koʻzlaringdan kutmagandim bunchalar jazoni man.

Koʻrmadim hech bir chamanda sen kabi ra`noni man,

Zulfi tol-tol, soʻzlari bol, koʻzlari shahloni man.

Ishq seni devona qilgay deb achinmang, doʻstlarim,

Mayli koʻrsam ushbu yoʻlda turfa xil savdoni man.

Koʻrmadim hech bir chamanda sen kabi ra`noni man,

Zulfi tol-tol, soʻzlari bol, koʻzlari shahloni man. (2x)

Ulug'bek Rahmatullayev more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Turkish, Russian, Tajik
  • Genre:
  • Official site:
  • Wiki:https://ru.wikipedia.org/wiki/Рахматуллаев,_Улугбек_Ибрагимович
Ulug'bek Rahmatullayev Lyrics more
Ulug'bek Rahmatullayev Featuring Lyrics more
Ulug'bek Rahmatullayev Also Performed Pyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs