Любовь [Lyubov] [Uzbek translation]
Любовь [Lyubov] [Uzbek translation]
Yuragimga sig‘maydi bu! Kuchliroq
Tomdan erga qulashdagi qo‘rquvdan,
Quturganning dod-voyidan qattiqroq,
Ammo jimroq
Kaltak egan sichqondagi qiy-chuvdan!
Bu – har kim umr bo‘yi izlab, topib,
Yoqotib, yana topadigan narsa!
Bu – oq to‘y libosida yovuz irjayib,
Yorug‘ dunyoni kezib yuradigan narsa!
Men senga muhabbat haqida gapiryapman!
Muhabbat o‘z o‘zicha vaznsiz!
Muhabbat xayollaringdan ham yengil!
Ammo, esla, muhabbat ketganida
Ko‘ngil qanday ozganini!
Kipriklaringga
Ko‘z yoshlari qo‘nganini!
Muhabbat o‘zining nozik qo‘llari bilan
Bo‘yningga sirtmoq iladi,
Avvalgi sendan hech narsa qoldirmasdan
O‘zi oyoq uchiga tur deb buyruq qiladi!
Sen uni hatto ko‘rolmaysan!
Sen hech qachon uning ko‘zlariga boqolmaysan!
O‘ylaysanki, faqat uni nogoh xafa qilmayin!
Uning rostdan ham yovuzligiga ishonmasdan
Sen u bilan, gullab turib, qurib qolishing mumkin.
U seni eb tashlaydi, gulni biti egandek!
Ammo baribir shunday o‘lim topish ming bor hurmatli
Hech kimni hech qachon sevmay o‘tgandan ko‘ra!
Muhabbat bilan yaxshi, u bo‘lmasa – g‘alati...
Menga uning quvonchli ko‘z yoshlari kamlik qilyapti!
U keladi-yu, darhol asta-sekin ketadi,
Qandaydir noxush so‘zlarni yuzimga aytib...
Men o‘z eshigimni yopib qo‘yganman, u kelsa,
Yonimga kirishdan oldin taqillatsin deb,
Kelgan muhabbat o‘sha allaqachon men unutgan,
Men bilan yo‘li bitta bo‘lmagan muhabbat bo‘lmasin deb...
- Artist:Dolphin