manzilsiz yo'llar [Transliteration]

Songs   2024-11-23 14:59:58

manzilsiz yo'llar [Transliteration]

Bo'lar ish bo'ldi

Boshlangan tugab bo'ldi

Endi hech qachon qaytmaydi o'z holiga

Bormayman oldinga

Kelmaysan oldimga

Faqatgina tushunolmayapman nega

Agarda ko'nglinga bergan bo'sam ozor

Unda mani kechir

Lekin sani ko'nglinga

Hech qachon bermaganman ozor

Hammasini boshlading ku o'zing

Va tugatdi so'ngi so'zing.

Boshida mayda gap, kegin esa tuxmat

Kegin tushundim sanga kerak ketishga sabab

Mayli ketaver dedim qo'llarimni siltab

Ertaga yana qaytib keladi mani eslab

Erta keldi u kelmadi

Oradan bir hafta hamon jimlik

9-10 kun negadur bu safargisi uzun

Nima bu o'yinmi..? Sabr uchun...

Oldingilari 2-3 kundan cho'zilmasdi

Negadur shubhali oramiz uzulmasdi

Mayli sabrim yengildi boraman birinchi

Borganimga afsus ko'zidagi sevinchi

Yuzidagi kulgu kimga boqardi u

Qo'llarida gullar kimga aldandi u

4 yillik sevgi, 10 kunda afsus

Sevgi degani 4 tta gulga sotildiku

Oxiri hammasi bo'ldi ayon

Nega bu zardalar, mushkil bu talablar

Mayda-chuda gaplar, oxirgi kunlarda

Qilayotgan qiliqlaringdan qolmadiku asablar

O'zi hayotimda kammidi dardlar

Shunchalar arzonmidi, oramizdagi bu tuyg'ular

Bo'lar ish bo'ldi, boshlangan tugab bo'ldi

Yurak sevardi sevgi esa o'lib bo'ldi...

Manzilsiz yo'llar, yo'llarimdan adashtirding

Manzilsiz yo'llar, meni kimlarga sen alishding

Manosiz so'zlar, meni ortga qaytarolmas bu qora ko'zlar..

O'sha kuni uni ko'rganimni aytmadim

Yoniga bormadim, atay indamadim

Oradan vaqt utdi, tunlar og'ir o'tdi

Kegin esa sekin-sekin yoza boshladi xatlar

Yana o'sha eski gaplar, ular naqadar aqil bilan aldar

Yonizga borsam deydi, kelsang kelaver dedim

Faqatgina yurak sog'ingan bo'lsa agar...

U keldi va har bir so'ziga bera boshladim ahamiyat

Har bir hatti-harakatiga yana ahamiyat

Ahir qilib bo'lgandi hiyonat

Shunda ham ko'zlariga turibman qarab

Zo'rg'a bo'lsa ham chidab

Yolg'onlarini tinglab

Ichimda yonib yotibdi nafrat

4 ta dona gul, esda qoldi abadul-abad

Sanga shuncha chidagan asablarimga rahmat.

Oz o'tib boshlandi bu mushkul talablar

Yana bu zardalar, yana bu jahillar

Ohirida janjal, qanchalar aqil bilan ishlangan bu hiylalar

Bunchalar sohta bu bohonalar, ahir manga ayon ular

Bilib turib kuzatish juda qiziq va naqadar og'ir

Har bitta yolg'on gapirilayotgan gaplar

Yuragimga hanjar kabi sanchlar

Gapirib bo'ldingmi endi mani eshit

San qilgan qiliqlar yuragim bo'ldi teshib

Yuzingdagi niqobni tashlagin yechib

Yo'llarimdan adashtirding chiziqlar chizib

Oldin gapirishsa ishonmasdim eshitib

Ohiri iqror bo'ldim ko'zlarim bilan ko'rib

Ket va hech qachon qaytmagin ortinga

Mani hatto qaragim kelmayapti yuzinga!

Manzilsiz yo'llar, yo'llarimdan adashtirding

Manzilsiz yo'llar, meni kimlarga sen alishding

Manosiz so'zlar, meni ortga qaytarolmas bu qora ko'zlar

Ummon more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, Uzbek dialects
  • Genre:Pop
  • Official site:
  • Wiki:
Ummon Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs