Muhabbat bu lyrics

Songs   2025-12-07 11:58:45

Muhabbat bu lyrics

Muhabbat – bu yalt etgan nigoh

Va halovat abas degani.

Muhabbat – bu o‘zingni sevmoq

Va o‘zgaga havas degani.

Subhidamda kuylagan kaptar,

Esda qolmas chiroyli gaplar,

Muhabbat – bu titragan lablar,

Har degani – araz degani.

U quyoshdir, yeta olmassan,

U ko‘z yoshdir, tuta olmassan,

Muhabbat – bu keta olmasdan,

Jon talashgan nafas degani.

Tarixlarning bizga qudrati,

Yorug‘likdan o‘zgan sur`ati,

Muhabbat – bu baxtning surati,

Baxtning o‘zi emas degani.

U quyoshdir, yeta olmassan,

U ko‘z yoshdir, tuta olmassan,

Muhabbat – bu keta olmasdan,

Jon talashgan nafas degani. (3x)

Shahzoda (Uzbekistan) more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, English, Tajik+3 more, Kazakh, Turkish, French
  • Genre:Pop
  • Official site:Http://Shahzoda.uz
  • Wiki:http://en.wikipedia.org/wiki/Shahzoda
Shahzoda (Uzbekistan) Lyrics more
Shahzoda (Uzbekistan) Also Performed Pyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs