Muhabbatim lyrics

Songs   2025-12-07 15:00:11

Muhabbatim lyrics

Taqdirimiz bog‘lanar bugun,

Yosh ko‘nglimda orzularim bor.

Siz-la baxtim bo‘lgaydir butun,

Oldimizda hayot degan yo‘l.

Umr asli abadiy emas,

Sen deb yashay unda har nafas.

Uyimga baxt, nur bo‘lib kelgin,

Shunda bizga qilishar havas.

Muhabbatim osmonida porlab turgan

Yulduzlarim baxsh etay bu oqshom,

Sevgilim, sen uchun.

Muhabbatim, eng sehrli har bir kecha,

Kunduzlarim baxsh etay bearmon,

Yolg‘izim, sen uchun butun umr.

Baxtimga siz sog‘-omon bo‘ling,

Doim mening yonimda yuring.

Shodligu g‘am, sog‘-xastalikda

Men ishongan tog‘ bo‘lib turing.

O‘zingsan yuragimning gavhari,

Hayotimning asl javhari.

Yolg‘izim, vafodorim, yagonam,

Ishq o‘tida yongan parvonam.

Muhabbatim osmonida porlab turgan

Yulduzlarim baxsh etay bu oqshom,

Sevgilim, sen uchun.

Muhabbatim, eng sehrli har bir kecha,

Kunduzlarim baxsh etay bearmon,

Yolg‘izim, sen uchun.

Muhabbatim osmonida porlab turgan

Yulduzlarim baxsh etay bu oqshom,

Yolg‘izim, sen uchun.

Muhabbatim, eng sehrli har bir kecha,

Kunduzlarim baxsh etay bearmon,

Sevgilim, siz uchun butun umr.

Butun umr.

Muhabbatim…

Shahzoda (Uzbekistan) more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, English, Tajik+3 more, Kazakh, Turkish, French
  • Genre:Pop
  • Official site:Http://Shahzoda.uz
  • Wiki:http://en.wikipedia.org/wiki/Shahzoda
Shahzoda (Uzbekistan) Lyrics more
Shahzoda (Uzbekistan) Also Performed Pyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs