Muncha arzon bo'lding arzanda jonim  [English translation]

Songs   2024-10-05 01:52:54

Muncha arzon bo'lding arzanda jonim  [English translation]

Nohaq azoblardan qiynaldi jonim

Ko'klarga tutashdi ohu fig'onim

Qoramtir bulutlar zoru ahvolim

Muncha arzon bo'lding arzanda jonim...

Boshimga ish tushsa toshlar otishdi

Ishongan do'stlarim eshik yopishdi

Qayoqlarda qolding do'stu nolonim

Muncha arzon bo'lding arzanda jonim...

Yorimga ayladim jonimni fidoo

Nogoh kelib dedi xayr alvido

Bevaqt hazon bo'lgan abru naysonim

Muncha arzon bo'lding arzanda jonim...

Yorimga ayladim jonimni fidoo

Nogoh kelib dedi xayr alvido

Bevaqt hazon bo'lgan abru naysonim

Muncha arzon bo'lding arzanda jonim...

Hamma o'zi bilan o'zi ovvora

Nokaslar qo'lida ishonchli chora

Bir umr qo'msagan mehrga zorim

Muncha arzon bo'lding arzanda jonim...

Endi kutmagayman hech kimdan shavqat

Ollohim o'zingdan so'rayman faqat

Umidvor bo'lmasin chashmi giryonim

Muncha arzon bo'lding arzanda jonim...

Yorimga ayladim jonimni fidoo

Nogoh kelib dedi xayr alvido

Bevaqt hazon bo'lgan abru naysonim

Muncha arzon bo'lding arzanda jonim...

Yorimga ayladim jonimni fidoo

Nogoh kelib dedi xayr alvido

Bevaqt hazon bo'lgan abru naysonim

Muncha arzon bo'lding arzanda jonim...

Yorimga ayladim jonimni fidoo

Nogoh kelib dedi xayr alvido

Bevaqt hazon bo'lgan abru naysonim

Muncha arzon bo'lding arzanda jonim...

Yorimga ayladim jonimni fidoo

Nogoh kelib dedi xayr alvido

Bevaqt hazon bo'lgan abru naysonim

Muncha arzon bo'lding arzanda jonim...

Surayyo Qosimova (Uzbekistan) more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek
  • Genre:Folk, Pop-Folk
  • Official site:
  • Wiki:
Surayyo Qosimova (Uzbekistan) Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs