O Jonim lyrics

Songs   2024-10-05 13:39:53

O Jonim lyrics

Yuragim kutgandi baxtin,

Uchratdi nahot kutganin?

Bilsang edi, ko‘rguncha sen

Qanchalar alam yutganin.

Tugab mana taqdirim qasdi,

Baxtni nasib etar menga.

Bugun o‘zim muhabbat masti,

Jonim fido erur senga.

N a q a r o t:

O, jonim!

G‘uncha ochar muhabbat guli,

Azizim!

Sen o‘zing ko‘zim nuri.

O, jonim!

O‘tar balki vaqt ham ehtimol...

Yolg‘izim!

Yuragimda sen qol.

Ayrolmas endi hech kas

Sendan na jonu na jismimni.

Bor ekan to tanda nafas

Lablarim aytadi ismingni.

O‘zingda iqbolim mujassam,

Yuragimda xavotir tindi.

Ne kelsa ham, ne bo‘lsa ham,

Bizlar to abad birga endi.

N a q a r o t: ..... (2x)

..Yuragimda sen qol,

Yuragimda sen qol!

Farhod va Shirin more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek
  • Genre:
  • Official site:
  • Wiki:
Farhod va Shirin Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs