Oʻloyin [Turkish translation]
Songs
2024-12-20 18:53:38
Oʻloyin [Turkish translation]
Qoshga qoʻydim oʻsmani,
Koʻzga surdim surmani,
Senga maʼqul boʻlay deb-a
Koʻylak kiydim burmali,
Burmali-ya, burmali.
Qadu bastingga oʻloyin,
Boʻyi rostingga oʻloyin.
Men uchun orzu boʻlgan
Shirin vaslingga oʻloyin.
Sevdingmi, toʻy boshlagin,
Yurakdan armon ketsin.
Tongda metar ovozi-ya
Yetti iqlimga yetsin-a,
Yetsin-a, yetsin.
Qadu bastingga oʻloyin,
Boʻyi rostingga oʻloyin.
Men uchun orzu boʻlgan
Shirin vaslingga oʻloyin.
Qoshga qoʻydim oʻsmani,
Koʻzga surdim surmani,
Senga maʼqul boʻlay deb-a
Koʻylak kiydim burmali,
Burmali-ya, burmali.
Qadu bastingga oʻloyin,
Boʻyi rostingga oʻloyin.
Men uchun orzu boʻlgan
Shirin vaslingga oʻloyin.
- Artist:Hosila Rahimova