Çocuklar gibi [Uzbek translation]

Songs   2024-05-17 11:54:13

Çocuklar gibi [Uzbek translation]

Menda bitmas bir hayot bor edi

Qirlarga yoyilgan bir ko'klam kabi

Qalbim hech tinmayin shiddat-la urardi

Ko'ksimning ichida otash bor kabi

His etdim-u senga mubtaloligim

Angladim qanchalar horib-tolganim

Sokinlashganim, to'xtaganimni

Dengizga to'kilgan shalola kabi

So'zing she'rlarning mukammalidir

Sendan o'zgasini sevgan telbadir

Yuzing chechaklarning eng go'zalidir

Ko'zlaring bilinmas bir g'uncha kabi

Boshingni ko'ksimga qo'ygin sevgilim

Go'zal soching uzra aylansin qo'lim

Bir kun yig'laylik-da bir kun kulaylik

Sevishgan beqaror bolalar kabi

Sezen Aksu more
  • country:Turkey
  • Languages:Turkish, Kurdish (Kurmanji)
  • Genre:Pop
  • Official site:http://www.sezenaksu.com.tr/
  • Wiki:https://en.wikipedia.org/wiki/Sezen_Aksu
Sezen Aksu Lyrics more
Sezen Aksu Featuring Lyrics more
Sezen Aksu Also Performed Pyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs