Onam bo‘ladi lyrics

Songs   2024-07-07 21:02:02

Onam bo‘ladi lyrics

Bir ayol bor yer yuzida,

O‘shal mening onam bo‘ladi.

Hayot o‘xshar xuddi o‘ziga,

O‘shal mening onam bo‘ladi. (x2)

Bir ko‘zida tabassum har dam,

Bir ko‘zida g‘amni yashirgan. (x2)

Goho shodon, goho ko‘ngli kam,

O‘shal mening onam bo‘ladi. (x2)

Munis Onam, sochlari qirov,

Yig‘lab turar, yig‘lasa birov. (x2)

Suv so‘rasang, choy tutar darrov,

O‘shal mening onam bo‘ladi. (x2)

Mehmonini kaftida tutgan,

Farzand desa, jonini tikkan, (x2)

Farzandim deb qaddini bukkan

O‘shal mening onam bo‘ladi. (x2)

Bir ayol bor yer yuzida,

O‘shal mening onam bo‘ladi.

Hayot o‘xshar xuddi o‘ziga,

O‘shal mening onam bo‘ladi. (x2)

Hulkar Abdullaeva more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Uzbek dialects, Turkish
  • Genre:Folk
  • Official site:https://www.facebook.com/pg/HulkarAbdullaevaOfficial/
  • Wiki:
Hulkar Abdullaeva Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs