Onamni yig'latmanglar [Transliteration]

Songs   2024-11-15 00:34:35

Onamni yig'latmanglar [Transliteration]

Bermadi Rabb omadim,

Qaysi yo‘lda qoqildim?

Egilmoqni istamay,

Chinordek egildim.

Qiynalganimni, ona,

Qayg‘urganimni, ona,

Ko‘rmang endi manda,

Ko‘rmang endi manda.

Boray desam qo‘ymadi,

Bu yo‘llar qo‘ymadi.

Farzand kutib ko‘zlarin

Eshikdan uzolmaydi.

Quyosh botib oy to‘lsa,

Siz tomon yo‘l olsam,

Qo‘lda to‘qilgan ro‘molni

Qalbingizga o‘rasam.

Ona, mening onam.

Onamni yig‘latmanglar,

Yuragimdan olib,

Ko‘nglini og‘ritmanglar.

Shuncha azob berdimmu,

O‘rniga yig‘lay o‘zim,

Xasta mening onam,

Onamni yig‘latmanglar.

Yana yo‘lim darbadar,

Oramizda yillar.

O‘rtamizda daryolar,

O‘tgani qo‘ymaydilar.

Ahvolingiz o‘ylasam,

Yoshga to‘ladi ko‘zim.

Sensiz har bir kun, ona,

Uzoq yerlardan o‘zib

Borolmayman, ona.

Yurak cho‘g‘ bo‘lib ketdi,

Tushlarimda gullar,

Tikonga singib ketdi

Qayg‘u qo‘sha qayg‘u.

Azobida chidayman,

Onamni yig‘latmang.

Yig‘latmang, chidolmayman.

Ona, mening onam.

Onamni yig‘latmanglar,

Yuragimdan olib,

Ko‘nglini og‘ritmanglar.

Shuncha azob berdimmu,

O‘rniga yig‘lay o‘zim,

Xasta mening onam.

Onamni yig‘latmanglar.

Otabek Mutalxo‘jayev more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Tajik
  • Genre:Pop
  • Official site:
  • Wiki:
Otabek Mutalxo‘jayev Lyrics more
Otabek Mutalxo‘jayev Also Performed Pyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs