Oyijon [Transliteration]

Songs   2024-10-05 19:57:13

Oyijon [Transliteration]

Yangi kun keldi,

Ammo hayotim o’zgardi,

Chunki onam yo’qdur endi,

Mening azizim butunlay ketdi…

Qaytmaydi, hech qachon qaytmaydi bu dunyoga

Qush kabi uchib ketdi osmonga

Sog’inaman uni men har kuni

Oyijo-o-o-n!!!

Naqarot:

Yolg’izman, yolg’izman bu tun, oyijon,

Erkalamaysiz hech qachon,

Sizsiz bo’shadi bu jahon.

Bilaman dunyoda sizdek seva olmas hech kim

Butun borligim berardim

Sizni ko’rish uchun, oyim…

Quyosh chiqar va yana botar,

Kimdir abadiy ketar,

Boshqasi kelar, bu hayotda

Hech kim bilmaydi oxirini…

Uyimiz bo’shdek

Yolg’iz o’tirib yig’layman

Va mehringizni eslayman

Siz uzoqdasiz men bilaman

Sezadi qalbim siz doimo yonimdasiz

Farishtadek himoya qilasiz

Faqat tushlarimga siz kirasiz,

Oyijo-o-o-n!!!

Naqarot:

Yolg’izman, yolg’izman bu tun, oyijon,

Erkalamaysiz hech qachon,

Sizsiz bo’shadi bu jahon.

Bilaman dunyoda sizdek seva olmas hech kim

Butun borligim berardim

Sizni ko’rish uchun, oyim…

Quyosh chiqar va yana botar,

Kimdir abadiy ketar,

Boshqasi kelar, bu hayotda

Hech kim bilmaydi oxirini…

Rayhon more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, English
  • Genre:Pop
  • Official site:http://www.rayhon.uz
  • Wiki:https://en.wikipedia.org/wiki/Rayhon
Rayhon Lyrics more
Rayhon Featuring Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs