Pora-pora [Transliteration]
Pora-pora [Transliteration]
Izlab gul orazingni, arz ayladim bahora,
Koʻrsam deya yuzingni ra`no gulida zora.
Vasling xumori boʻldim, vasling umidin bogʻlab,
Hajringda yondi jismim, ham bagʻrim pora-pora.
Pora-pora! Boylandim senga pora!
Pora-pora! Ham bagʻrim senga pora!
Mushtoq boʻlganimda oʻtli qarashlaringga
Koʻrsatdi koʻz qaroshi oy shu`lada setora.
Tunlarga qiyos etdim kokillaringni, dilbar,
Tunlar yorishdi, ammo sochlar qorayu qora.
Pora-pora! Boylandim senga pora!
Pora-pora! Qon bagʻrim pora-pora!
Diydor koʻrishganimda ishqim bayon etolmay,
Termulganimcha qoldim sen yor isi xumora.
Oromu ixtiyorim olding, sanam, shu onda,
Ishqingda yondi Yax`yo, yoʻq endi boshqa chora.
Pora-pora! Boylandim senga pora!
Pora-pora! Ham bagʻrim pora-pora!
Izlab gul orazingni, arz ayladim bahora,
Koʻrsam deya yuzingni ra`no gulida zora.
Vasling xumori boʻldim, vasling umidin bogʻlab,
Hajringda yondi jismim, ham bagʻrim pora-pora.
Pora-pora! Ham bagʻrim pora-pora!
Pora-pora! Boylandim senga pora!
Pora-pora! Yoʻq endi oʻzga chora!
Pora-pora! Boylandim senga bora!
- Artist:Ozodbek Nazarbekov