Qaynona [Transliteration]

Songs   2024-12-25 08:35:39

Qaynona [Transliteration]

[Mavluda Asalxo‘jayeva]

Oh, mani buncha kelinposhsha,

Qaynatasiz qonimni?

Bu ketishda sizga qanday

Ishonay ro‘zg‘orimni?

[Manzura]

Voy nima qilay, qaynonajon,

O‘g‘lingiz sho‘x, yomonda,

Undan o‘tar sizning nozik

Ko‘nglingiz bir tomonda.

[Mavluda Asalxo‘jayeva]

Turishingiz o‘ngacha,

Uxlab bo‘lasiz shomgacha, (x2)

Sizning har bir odatingiz

Tegib ketdi jongacha. (x2)

[Manzura]

Aybim yuzimga solib,

Ochirmaysiz ko‘zlarim,

Har bir ishimdan nolib,

Tushunmaysiz so‘zlarim.

Nimalar qilay, og‘ir mening

Botsa shirin so‘zlarim?

Nimalar qilay, ish bermasa

Mening makru nozlarim.

[Mavluda Asalxo‘jayeva]

Oh, mani buncha kelinposhsha,

Qaynatasiz qonimni?

Bu ketishda sizga qanday

Ishonay ro‘zg‘orimni?

[Manzura]

Voy nima qilay, qaynonajon,

O‘g‘lingiz sho‘x, yomonda,

Undan o‘tar sizning nozik

Ko‘nglingiz bir tomonda.

Ichimda yonsam kuyib,

Ustimda yurdim kulib, (x2)

Ertayu kech netay,

Shu uyning ishidan hech ortolmadim.

Ertayu kech voy-dod,

Shu uyning ishidan hech ortolmadim.

[Mavluda Asalxo‘jayeva]

Gullatvorib hovlimni,

Yo‘lga solib o‘g‘limni, (x2)

Meni qoyil qoldirishni siz

Bir yilda ham eplolmadiz. (x2)

[Mavluda Asalxo‘jayeva]

Oh, mani buncha kelinposhsha,

Qaynatasiz qonimni?

Bu ketishda sizga qanday

Ishonay ro‘zg‘orimni?

[Manzura]

Voy nima qilay, qaynonajon,

O‘g‘lingiz sho‘x, yomonda,

Undan o‘tar sizning nozik

Ko‘nglingiz bir tomonda.

Qarolmay yorimga man,

Aylandim zolimga man, (x2)

Yuribmanda kuyib-yonib,

O‘zimcha nolib.

O‘zimniki qilolmadim,

Yo‘limga solib.

[Mavluda Asalxo‘jayeva]

Ulguring har ishga qani,

Qo‘zg‘otmasdan qahrimni,

Oching-chi sirimni mani,

Ochay sizga bag‘rimni.

[Manzura]

Ne bo‘lsa ham peshonamdan

Ko‘rarmanda borimni,

Qayerga ham ketaman-ey

Tashlab shunday yorimni.

Qaynasangiz ham qaynonajon,

Faqat meni qiynamang,

[Mavluda Asalxo‘jayeva]

Siz ham hadeb kelinposhsho,

Meni yomon o‘ylamang.

[Manzura]

Voy nima qilsam oyijon-a,

Ochiladi chehrangiz?

[Mavluda Asalxo‘jayeva]

Chehram ochiladi shu on

Bitta gapdan qolsangiz.

Manzura more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, Turkish, Azerbaijani, Kurdish (Kurmanji)
  • Genre:Pop
  • Official site:
  • Wiki:
Manzura Lyrics more
Manzura Featuring Lyrics more
Manzura Also Performed Pyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs