qiynama yuragimni lyrics

  2024-10-06 07:45:23

qiynama yuragimni lyrics

Ko'zlaring qarosi qiladi mani mast

San mani jonim jonim janonim

Bunchalar shirin qilasan san araz

San mani yorim yorim yagonam

Asta-asta jonimni olmagin

Yuragimni ezmagin shubhalar ila

Xasta-xasta qilmagin ko'nglimni

Yoqasan o'zimni bo'laylik payvasta

Qiynama qiynama yuragimni

Bilib turib menga keragingni

Rashk qila rashk qila ezaverma

Bilasan faqat sani sevishimni

Sochlari sumbul yakka yagonam

San mani novvotdanam shirin yorim

Sen bilan naqadar bilsang baxtliman

Barcha gullardan nafis iforim

U deya bu deya asabimga tegmagin

Rashk qilavermagin shubhalar ila

San mani man sani sevamizku rostan

Har tomonlama mos bo'laylik payvasta

Qiynama qiynama yuragimni

Bilib turib menga keragingni

Rashk qila rashk qila ezaverma

Bilasan faqat sani sevishimni

Ummon more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, Uzbek dialects
  • Genre:Pop
  • Official site:
  • Wiki:
Ummon Lyrics more
Excellent recommendation
Popular