Qo'rqaman [Transliteration]
Songs
2024-12-21 05:58:44
Qo'rqaman [Transliteration]
Qahringiz qattiq ekan,
Doshlaridan qo‘rqaman.
Men g‘animning minnatli
Oshlaridan qo‘rqaman.
Ko‘nglingizning ko‘chasiga
Kirmasak, ayblay bermang.
Ko‘nglimizning ko‘shkiga
Bemehr bo‘ylay bermang.
Kul bo‘lmayin,
Kuydim-kuydim demang,
Jon bermayin,
Suydim-suydim demang.
Yarashmagan, yolg‘on so‘zlar aytib,
Chin sevgiga
Yo‘ydim-yo‘ydim demang.
Hiloli yo‘q tun nadur,
Quyoshi yo‘q kun nadur,
Yig‘lamang, yarashmasa,
Yolg‘on nadur, chin nadur?
Jonimda bir chashma bor,
Unga qancha tashna bor.
Bu dunyo bozorida
Men vafoga xaridor.
Kul bo‘lmayin,
Kuydim-kuydim demang,
Jon bermayin,
Suydim-suydim demang.
Yarashmagan, yolg‘on so‘zlar aytib,
Chin sevgiga
Yo‘ydim-yo‘ydim demang. (4х)
- Artist:Feruza Jumaniyozova