Радуйся [Raduysya] [Uzbek translation]

Songs   2024-09-21 13:00:06

Радуйся [Raduysya] [Uzbek translation]

Quvongin, senikiman.

Ham shodlikda, ham shodsizlikda.

Men ortingdan borarman

Turli yo'llar uzra -

Munkayib qolguncha.

Lek, sen meni izlamagansan,

Taqdirdan so'ramagansan.

Shunday ekan, quvongin, -

Men sen bilan birga,

Lekin hech kimga so'ylama.

Men endi tushunaman hamma - hammasin,

Tushunaman nima to'gri, nima noto'g'ri,

Tushkunlikka tushib,

Yo'qotmasak edik insofni

Faqat bir yulduz tushar osmondan,

Bir o'sha yulduz,

Uni osmon quvontirmas.

Shunday ekan quvongin,

Men sen bilan birga,

Lekin, hech kimga ko'rsatma.

Biz birga yo'l yurdik,

Biz birga cho'qqilarga yetdik,

Birga yiqildik.

Endi hech kimga tushuntirolmaymiz,

So'zlab bo'lmas.

Kerakmi so'zlash?

Bizlarni suvlar ajratolmas,

Bizlar, bizlar yotqizilgan toshlardan.

Avf etmoq, jonim,

Avf etmoq - qatl qilmoq emas,

Ammo men o'tmishni qaytarolmayman.

Quvongin, men sen bilan birga

Bu men, ham shodlikda sen bilan,

Bu men, shodsizlikda ham sen bilan

Faqat, men ortingdan borarman

Turli yo'llar uzra -

Munkayib qolgunga qadar.

Sen meni, sen meni ayblama,

Taqdiringga, tingla meni, buyurma!

Faqatgina quvongin, biz axir birga,

Lekin hech kimga ko'rsatma!

Elena Vaenga more
  • country:Russia
  • Languages:Russian, Latvian
  • Genre:Pop, Singer-songwriter
  • Official site:http://www.vaenga.ru/
  • Wiki:https://en.wikipedia.org/wiki/Elena_Vaenga
Elena Vaenga Lyrics more
Elena Vaenga Featuring Lyrics more
Elena Vaenga Also Performed Pyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs