Sen menga kerak lyrics

Songs   2025-12-07 22:33:23

Sen menga kerak lyrics

Yana seni eslatar yog‘ayotgan yomg‘irlar,

Tomchilar tinmay qalbim yaralar,

Takror berar savollar –

Ayb menda? Ayb kimda?

Farqi bormi senga?

Sarsondir tuyg‘ular o‘rtada.

N a q a r o t:

Qiynalar bu yurak,

Sog‘inchdan bir tilak –

Qani endi seni bir ko‘rsam!

Jonginam, sen menga kerak!

Sog‘inchda bu yurak,

Qolgan bitta tilak –

Qani endi seni bir ko‘rsam!

Jonginam, sen menga kerak!

Jonginam.

Jonginam, jonginam...

Nahot yo‘q baxtli yo‘llar?

Qani endi va’dalar,

Izlayman javobin,

Qayda? Menda?

Shunga o‘xshar savollar,

Ayb senda, ayb kimda?

Balki ayb o‘zimda...

Jonginam, keraksan sen menga!

N a q a r o t: ........ (2x)

Shahzoda (Uzbekistan) more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, English, Tajik+3 more, Kazakh, Turkish, French
  • Genre:Pop
  • Official site:Http://Shahzoda.uz
  • Wiki:http://en.wikipedia.org/wiki/Shahzoda
Shahzoda (Uzbekistan) Lyrics more
Shahzoda (Uzbekistan) Also Performed Pyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs