Shaka bum lyrics
Shaka bum lyrics
Tonglar kech otganda xafa boʻlmayman,
Quyosh kech botganda xafa boʻlmayman.
Muammolaring hal boʻlib ketar sekin,
Topa olmaysan sogʻligingni lekin.
Doʻstlarim aldasa, xafa boʻlmayman,
Yor meni demasa, xafa boʻlmayman.
Vaqti keladi, vaqti keladi,
Hamma oʻzi uchun biladi.
Bir bor kelamiz axir dunyoga.
Raqsga tush bugun, shaka bum, shaka bum,
Hayotda yashab koʻr oʻzing uchun.
Oʻtadi bugun, shaka bum, shaka bum,
Hammasi oldinda hali.
Raqsga tush bugun, shaka bum, shaka bum,
Hayotda yashab koʻr oʻzing uchun.
Oʻtadi-ketadi hayotda sevgi,
Raqsga tush endi.
Ustimdan kulsalar, xafa boʻlmayman,
Qalbimni tilsalar, xafa boʻlmayman.
Xafa boʻlaman, xafa boʻlaman lekin
Mehrimni baholashsalar agar tekin.
Yaqinlarim sotsa, xafa boʻlmayman,
Yoki toshlar otsa, xafa boʻlmayman.
Kunlar oʻtadi, oylar oʻtadi,
Hamma-hammasi unutiladi.
Bir bor kelamiz axir dunyoga.
Raqsga tush bugun, shaka bum, shaka bum,
Hayotda yashab koʻr oʻzing uchun.
Oʻtadi bugun, shaka bum, shaka bum,
Hammasi oldinda hali.
Raqsga tush bugun, shaka bum, shaka bum,
Hayotda yashab koʻr oʻzing uchun.
Oʻtadi-ketadi hayotda sevgi,
Raqsga tush endi.
(x2)
Har soniyamiz inʼom
Qoldiraylik yaxshi nom.
Besh kunlik dunyoda
Oʻynab-kulib, boʻlaylik omon.
Har soniyamiz inʼom,
Qoldiraylik yaxshi nom.
Besh kunlik dunyoda
Boʻlaylik omon.
- Artist:Nilufar Usmonova