Sorama lyrics

Songs   2024-12-22 03:09:28

Sorama lyrics

Ketaveraman sevgim yoʻlida,

Izlayveraman joy men qalbingda.

Seni soʻrayman, oʻzimni izlayman

Men tinmay koʻzingda.

Boraveraman sening ortingdan,

Qanchalar meni sen rad etsang ham.

Soʻra jonimni, soʻra borimni, men beray.

Lekin sen soʻrama seni unutishimni!

Soʻrama, mening ojiz qalbimni qiynama.

Sensiz yashashga meni undama, urinma!

Izlama, mening ketsihimga sabab izlama!

Buni bari bahona!

Oʻylama,

Mening ahvolimni sen oʻylama,

Soʻrama!

Bugun seni yana esga oldim,

Sababi - uchrashuv joyimizdaman.

Bu yerlar hech ham oʻzgarmagan,

Oʻsha, oʻsha daraxtlar, oʻsha, oʻsha soyabonlar,

Faqat sen, sen yoʻqsan yonimda.

Aylanaverar tinmay savollar,

Qaylarda qoldi oʻsha orzular?

Men ishonmayman, yoʻq, men koʻnolmayman

Sensizlik dardiga.

Koʻzlaringda dard, yerga qaraysan,

Xuddi aybingni tan olganday.

Mendan koʻzlaringni olib qochasan,

Qarolmaysan, ketishimni soʻrayverasan,

Soʻrayverasan!

Lekin tushunolmaysan, seni qanday tark etay!

Axir seva turib seni, yana qanday unutay,

Unutay, sevib men?

Soʻrama, seni unutishimni soʻrama!

Mening ojiz qalbimni qiynama.

Sensiz yashashga meni undama, urinma!

Izlama, mening ketsihimga sabab izlama!

Buni bari bahona!

Oʻylama,

Mening ahvolimni sen oʻylama,

Soʻrama! Soʻrama!

Benom more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek
  • Genre:Pop
  • Official site:
  • Wiki:
Benom Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs