Toʻmaris [Transliteration]

Songs   2024-08-26 16:25:44

Toʻmaris [Transliteration]

Bu vatanga faqat oftob yarashadi, (Toʻmaris)

Oftob tushgan yurtga hayron qarashadi. (Toʻmaris) (x2)

Bu tuproqni azal bizga tortiq etgan ajdodlar,

Dushman senday podshoh bilan talashadi.

Dushman senday podshoh bilan talashadi. (Toʻmaris)

Ey yov yovligin qildimi, paymonasi toʻldimi?

Yoshing toʻkmay yigʻlaysano, Sparangiz-a oʻldimi?

Bek xotin, xol xotin, nomus xotin, shon xotin,

Gʻamga chidab turibsan, bir elatga jon xotin.

Podshohlarning gʻamda tanho qolishi bor,

Ammo xalq deb yuragining yonishi bor.

Qoʻzgʻol el deb, qilich bogʻlab, otga minding,

Gʻayratingning bizga meros qolishi bor.

Gʻayratingning bizga meros qolishi bor.

Ey, kunday shoshib borasan, gʻamdan oshib borasan,

Dushmanlarning ustiga selday toshib borasan.

Gʻamda yolgʻiz shoʻr xotin, elim degan oʻr xotin,

Dushmanlarni qaqshatgan, yurt ishiga zoʻr xotin.

Haq yoʻlida ot surganga Tangri posbon,

Uzangingni ushlab borar qirqta chinor,

Sen qudratni eldan olib, elga bergan podshohsan,

Bugun mana avlodlaring elda doston.

Bugun mana avlodlaring elda doston.

Hey, elni Xudoga aytgan, rozisisan, Toʻmaris,

Shu kunlarni sogʻingan orzusisan, Toʻmaris.

Ona Vatan, hur Vatan, buyuk Vatan, shon Vatan,

Ajdodlardan bizlarga meros qolgan jon Vatan.

Bu dunyoda yagona, bu vatan – bizning Vatan!

Hosila Rahimova more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Turkish, Uzbek dialects
  • Genre:
  • Official site:https://hosila.com/en/biography/
  • Wiki:
Hosila Rahimova Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs