Tortadur lyrics
Songs
2024-10-05 15:34:15
Tortadur lyrics
Ul qaro ko‘z ko‘zlariga surma bejo tortadur, (2x)
Balki andin dahr eli ortuqcha g‘avg‘o tortadur. (2x)
Qoshlari ostida go‘yo ikki fatton ko‘zlari
Ikki hindu bachchadurkim, yondashib yo tortadur. (2x)
Ishqni pinhon tutarg‘a bo‘lma shaydo, e ko‘ngul,
Mushk pinhon bo‘lsa, bo‘yi oshkoro tortadur.
Bul havaslar torta olmas nozaninlar nozini,
Furqatiydek bekasu sho‘rida rasvo tortadur.
Ul qaro ko‘z ko‘zlariga surma bejo tortadur,
Balki andin dahr eli ortuqcha g‘avg‘o tortadur.
- Artist:Sevara Nazarkhan