Uchar Qiz lyrics

Songs   2024-07-14 02:40:30

Uchar Qiz lyrics

Shabnam boʻlib gullarning bagʻrida,

Navo boʻlib kuylarning avjida,

Qalbingdan izladim tinmay sevgi

Shamol boʻlib sen tomon uchar edim,

Seni deb har nedan kechar edim,

Hech asrayolmading lekin meni

Anglay olmay balki koʻzlaringdan

Menga boʻlgan qalbing tuygʻulari

Uchib ketarman, sen meni izlama

Uchar qizning nolasin tinglagin,

Sen endi tunlar yolgʻizsan, anglagin,

Endi meni samodan izlagin

Xayr, alvido

(×2)

Yoʻq balki senikiday yuragim,

Mening balki senga yoʻq keragim,

Lekin senga borimni berib sevardim

Yaxshi-yomon gaplarimga kechir,

Goh ustun kelar ekan gʻurur,

Gʻurur ila ikki tomon ketding nega?

Anglay olmay balki koʻzlaringdan,

Menga boʻlgan qalbing tuygʻulari

Uchib ketarman, sen meni izlama

Uchar qizning nolasin tinglagin,

Sen endi tunlar yolgʻizsan, anglagin,

Endi meni samodan izlagin.

Xayr, alvido

(×2)

Nilufar Usmonova more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Turkish, Tajik
  • Genre:Pop
  • Official site:http://www.facebook.com/NilufarUsmonovaOfficial
  • Wiki:
Nilufar Usmonova Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs