Unamaydi lyrics

Songs   2025-12-06 15:13:38

Unamaydi lyrics

Yagonaman o‘zim dema,

Ayriliqni shirin dema,

Mendan o‘zga yoring bo‘lsa,

Mendek ko‘zi qoni qayda?

Ko‘zda uyqu, uyingdasan,

Men g‘aribni o‘ylamaysan.

Tushlaringga kirib tunda,

Yalinsayam unamaysan.

Ey, so‘zlari shirin ozor,

Yoringni diydorlamaysan.

Nolalarga dilim to‘ldirib,

Buncha e’tiborlamaysan.

Ko‘yingda devona holman,

Ostonangga yo‘latmaysan.

Qachon endi o‘zing kelib,

Ozorimga unaysan?

Unamaydi, unamaydi, yo tovba,

Eshitsaydi, eshitsaydi, qalb kulba.

Unamaydi, unamaydi, yor tovba,

Eshitsaydi, unamaydi.

Unut bo‘ldi uzun tunlar,

Yig‘laydi sim-sim yulduzlar.

O‘zimni ham unutdim man,

Ko‘rib hatto tanimaysan.

Jonim, bitta qiynamagin,

Hayotimni sindirmagin.

Yetolmasam, endi sensiz

Bu dunyoda yasholmayman.

Ey, so‘zlari shirin ozor,

Yoringni diydorlamaysan.

Nolalarga dilim to‘ldirib,

Buncha e’tiborlamaysan.

Ko‘yingda devona holman,

Ostonangga yo‘latmaysan.

Qachon endi o‘zing kelib,

Ozorimga unaysan?

Unamaydi, unamaydi, yo tovba,

Eshitsaydi, eshitsaydi, qalb kulba.

Unamaydi, unamaydi, yor tovba,

Eshitsaydi, unamaydi. (x1+x1)

Yana unamaydi, unamaydi, yo tovba,

Eshitsaydi, eshitsaydi, qalb kulba.

Unamaydi, yana unamaydi, yo tovba,

Eshitsaydi, unamaydi.

Shohruhxon more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Uzbek dialects
  • Genre:Pop
  • Official site:
  • Wiki:https://uz.wikipedia.org/wiki/Shohruhxon
Shohruhxon Lyrics more
Shohruhxon Featuring Lyrics more
Shohruhxon Also Performed Pyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs