Unutgin lyrics
Unutgin lyrics
Oqqush kabi uchib ketdi
Olislarga qanot qoqib,
Qalbingdan lek ketolmadi muhabbatim.
Birga olib seni azob-uqubatga
Nahot o‘zim yor sayladim?
Baxtli edik bizlar birga,
Yolg‘izlikda xor ayladim
Men...
Esingdadur kunlar,
Unutilmas tunlar,
Menga atalgandi
Qo‘lingdagi gullar.
Endi o‘zni qiynab
Menga ozor bermagin, yorim.
Xotiralarda, xayollarda qolsam bas!
Unutgin! Unutgin!
Osmonning bag‘rida bir uchay!
Oppoq bulut kemalarida
Arshning jilosini quchay! (2x)
Bo‘ldi, meni o‘ylamagin,
Yurak-bag‘ring tilamagin.
Eslab turgin, mayli, har vaqt.
Ammo, o yorim, yig‘lamagin hech.
Lek esingda kunlar,
O‘sha shirin tunlar,
Menga atab ekkan
Bog‘ingdagi gullar.
Bo‘ldi, o‘zing qiynab
Menga ozor bermagin, yorim.
Xayolingda, tushlaringda jilsam bas!
Unutgin! Unutgin!
Osmonning bag‘rida bir uchay!
Oppoq bulut kemalarida
Arshning jilosini quchay! (2x+ 2x)
- Artist:Nilufar Usmonova