Unutmadim lyrics
Unutmadim lyrics
Yonimga tunda kelasan, o‘t yoqib,
Mendan mehring ayamaysan,
Sening kuchli qo‘llaringda men erib,
Jonim deb shivirlasam..
Yonimga tunda kelasan, qo‘l ochib,
So‘ramasdan sen o‘pasan,
Yarim kechada bo‘lsa ham, sim qoqib,
Yulduzlarga boshlaysan..
Sen go‘zalim, sen asalim –
Deb aytding, yolg‘izim,
Bu so‘zlardan seni eslab,
Uyg‘ondim..
Men unutib bo‘ldim so‘zlaringni,
Men unutib bo‘ldim ko‘zlaringni —
Bedor kechalarda unutmadim
Qo‘llaringni, qo‘llaringni...
Men unutib bo‘ldim alamlarni,
Men unutib bo‘ldim ko‘z yoshlarni,
Lekin mehringni — nega? bilmadim! —
Unutmadim, unutmadim!
Mendan uzrlar so‘raysan o‘tinib,
Sababini sen bilasan.
Ko‘zlarimga boqqaningda men erib,
Jonim deb shivirlasam..
Menga gullarni tutasan chin dildan,
Maqsadlaring yashirmaysan,
Men o‘zimni unutganman qo‘lingda
Va to‘sqinlik qilmayman..
Sen go‘zalim, sen asalim –
Deb aytding, yolg‘izim,
Bu so‘zlardan seni eslab,
Uyg‘ondim..
Men unutib bo‘ldim so‘zlaringni,
Men unutib bo‘ldim ko‘zlaringni —
Bedor kechalarda unutmadim
Qo‘llaringni, qo‘llaringni...
Men unutib bo‘ldim alamlarni,
Men unutib bo‘ldim ko‘z yoshlarni,
Lekin mehringni — nega? bilmadim! —
Unutmadim, unutmadim!
- Artist:Shahzoda (Uzbekistan)