Xush keldingiz [Transliteration]

Songs   2024-10-05 11:27:06

Xush keldingiz [Transliteration]

Assalom dermiz yurakdan avvalo xush keldingiz,

Izlaringiz gardi ko’zga to’tiyo, xush keldingiz.

Bu ko’ngil ko’zgusining qolmas g’ubori zarracha,

Qalbimiz olgay yana nuru-ziyo xush keldingiz.

Keldingiz xush keldingiz, nuru-ziyo xush keldingiz,

Keldingiz xush keldingiz, nuru-ziyo xush keldingiz.

Siz bilan ilhomimiz parvozi yuksalgay yana,

Shod bo’lar endi bugun yeru-samo xush keldingiz.

Raqs etar raqqosalar yuz jilva birla noz etib,

Aylagay tovus hirom, gulgun sabo xush keldingiz.

Keldingiz xush keldingiz, nuru-ziyo xush keldingiz,

Keldingiz xush keldingiz, nuru-ziyo xush keldingiz.

Assalom dermiz yurakdan avvalo xush keldingiz,

Izlaringiz gardi ko’zga to’tiyo, xush keldingiz.

Jo’r bo’lar xonandalar, xonishlarida so’z bilan,

Qutlayin turli g’azalda, shokiro xush keldingiz.

Keldingiz xush keldingiz, nuru-ziyo xush keldingiz,

Keldingiz xush keldingiz, nuru-ziyo xush keldingiz.

Gulsanam Mamazoitova more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Tajik
  • Genre:Pop
  • Official site:
  • Wiki:
Gulsanam Mamazoitova Lyrics more
Gulsanam Mamazoitova Featuring Lyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs