Yalola lyrics

Songs   2025-12-17 03:03:01

Yalola lyrics

Xayolimdan ketmaydi,

Nigohlarim tinmaydi,

Yo‘lingizga intizorim bitmaydi.

Sevib turib yonaman,

Oshig‘u pinhonaman,

Sizga sevgim aytolmay to‘lg‘onaman.

Yuragimdagi sevgim-la yona-yonaman.

Sevgimni sizga aytishga

Kuch topolmayman.

N a q a r o t:

Hay, yor, yalola!

Bo‘lmang buncha ovora!

Yuragimni men bermam sizga!

Hay, yor, yalola!

Izlamang bo‘lib ovora,

Sevgim pinhona yuragimda!

Yuragimda.

Qalbim to‘la orzular,

Hayajonli tuyg‘ular.

Siz tomonga talpinar bu sog‘inchlar.

Yolg‘iz yoringiz bo‘laman,

Hammadan qizg‘onaman,

Kelsangiz, men noz ila afsonaman.

Yuragimdagi sevgim-la yona-yonaman.

Sevgimni sizga aytishga

Kuch topolmayman.

N a q a r o t: ..........(3x)

Shahzoda (Uzbekistan) more
  • country:Uzbekistan
  • Languages:Uzbek, Russian, English, Tajik+3 more, Kazakh, Turkish, French
  • Genre:Pop
  • Official site:Http://Shahzoda.uz
  • Wiki:http://en.wikipedia.org/wiki/Shahzoda
Shahzoda (Uzbekistan) Lyrics more
Shahzoda (Uzbekistan) Also Performed Pyrics more
Excellent Songs recommendation
Popular Songs
Artists
Songs